<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><hymn_number>72</hymn_number>
<lyrics>[V1]
 Afsus taqdir koʻrmadi ravo
 Oʻshal damlar goʻyoki roʻyo,
 Ich-ichimdan chiqar bir sado
 Qaylardasan ey mening Rabbim?
 Ich-ichimdan chiqar bir sado,
 Qaylardasan ilk mening sevgim?

[V2]
 Qoʻl uzatsam qoʻlim yetmaydi,
 Salobating koʻzdan ketmaydi.
 Yuragimni armon tirnaydi
 Qaylardasan ey mening Rabbim?
 Yuragimni armon tirnaydi,
 Qaylardasan ilk mening sevgim?

[V3]
 Havas qilar qachon doʻstlarim?
 Koʻz tegmasa debon doʻstlarim,
 // Bugun yolgʻiz qoldimku Rabbim,
 Qanotlarim qayrilgan endi.(2m)  //

[V4]
 Jismu jonim halovatim yoʻq,
 Yuragimda hamon yonar choʻgʻ.
 // Bevafolar yor boʻlmadi yoʻq,
 Bagʻringga bos toʻyguncha jonim.(2m)  //

[V5]
 Qalbim bilan yashayman endi,
 Rabbim mening yolgʻiz imkonim.
 // Unutolmay qiynalar jonim,
 Yuragimga orom ber Rabbim. (2m)  //

[V6]
 Afsus taqdir koʻrmadi ravo,
 Oʻshal damlar goʻyoki roʻyo.
 Ich-ichimdan chiqar bir sado,
 Qaylardasan ey mening Rabbim?
 Ich-ichimdan chiqar bir sado,
 Qaylardasan ilk mening sevgim?
 Qaylardasan ey mening Rabbim?
 Qaylardasan ilk mening sevgim?</lyrics>
<title>Yaralangan kalb Q72</title>
</song>